29 May 2025 Yil 0

Toshkent shahrida zamonaviy xavfsizlik tizimlari joriy etilyapti

Jamoat tartibini saqlash va fuqarolar xavfsizligini yana-da samarali taʼminlash maqsadida Toshkent shahrida 360 gradusli videokuzatuv funksiyasiga ega bo‘lgan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri IIV huzuridagi Qo‘riqlash Departamenti monitoring markazi bilan videoaloqa o‘rnatish imkoniyatiga ega tashvish tugmalari o‘rnatilmoqda.

Mazkur tizim mavjud holatlarni markaz tomonidan real vaqt rejimida videokuzatuv orqali kuzatish, holat yuzasidan videoaloqa orqali tezkor va aniq axborot olish imkonini beradi. Tashvish tugma bosilganda Qo‘riqlash Departamenti tezkor harakatlanuvchi guruh xodimlari tomonidan qisqa vaqt ichida yetib borish va zarur chora-tadbirlarni ko‘rish taʼminlanadi.

Toshkent shahar IIBB Axborot xizmati

© Gazeta “Mahalla”, №44 (2268), 2025 yil 28 may

Barcha yangiliklar

Text to speech