13 Iyun 2025 Yil 60

Rasmiy ma’lumot

Ijtimoiy tarmoqlarda 2 nafar shaxs piyoda ketayotgan fuqaroning qo‘lidagi sumkasini tortib olib, hodisa joyidan qochib ketganligi aks etgan video tarqalib, turli muhokamalarga sabab bo‘lmoqda. Mazkur holat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qilamiz.

Joriy yilning 12 iyun kuni taxminan soat 18.15 larda Shayxontohur tumanida joylashgan dehqon bozoridagi avtoturargohda 1997 yilda tug‘ilgan B.S. va 2000 yilda tug‘ilgan X.A. piyoda ketayotgan 2003 yilda tug‘ilgan K.X.ga nisbatan talonchilik sodir etishgan. Uning qo‘lidagi qora rangli paket va ichidagi pullarni ochiqdan-ochiq talon-toroj qilib, voqea joyidan qochib ketishgan.

Mazkur holat yuzasidan Shayxontohur tumani IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 166-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan (“Talonchilik”) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Tergov davom etmoqda.

Barcha yangiliklar

Text to speech