11 Iyun 2025 Yil 216

Kibersportchilarimizni g‘alaba bilan qutlaymiz

        Ichki ishlar organlarining iqtidorli va iste’dodli yosh xodimlarni aniqlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish orqali ularning ijodiy, kasbiy va intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarishlari uchun “Yoshlar oyligi” doirasida 2025 yilning 9-10 iyun kunlari Toshkent shahrida kibersport bo‘yicha “Kelajak o‘yinlari” musobaqasi o‘tkazildi. Musobaqa ikkita shartdan iborat bo‘lib, birinchi sharti – virtual makonda bahslashish musobaqasi poytaxtning Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan “Kiber arena”da, amaliy qismi esa Yashnobod tumanida joylashgan “Steak ball”da o‘tkazildi. Musobaqada jami 18 ta jamoa qatnashgan bo‘lib, har bir jamoada 5 nafardan iborat ishtirokchilar o‘zaro kuch sinashishdi. Mazkur turnir yosh xodimlarda jangovar shaylikni oshirish, jamoa bo‘lib qaror chiqarish, hamjihatlikda ishni tashkillashtirish, strategik rejalar tuzish hamda jangovar, taktik tayyorgarlik bilimi, ko‘nikmalarini samarali qo‘llash imkonini berdi. Bellashuvlar yakuniga ko‘ra jamoaviy hisobda Buxoro viloyati 3-o‘rinni, Toshkent shahri 2-o‘rinni, Qoraqalpog‘iston respublikasi jamoasi 1-o‘rinni qo‘lga kiritdilar.
       Toshkent shahar IIBB da bo‘lib o‘tgan g‘oliblarni taqdirlash marosimida IIV rahbariyati va musobaqa ishtirokchilari qatnashdi. Ularga diplom, esdalik sovg‘alari va pul mukofotlari tantanali ravishda topshirildi.

Barcha yangiliklar

Text to speech